Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1000 ga yaqinlashdi
Olam
−
27 iyun 1721 1 daqiqa
Venesuelada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 920 nafarga yetdi. Yana 3 ming 360 kishi jarohatlangan. Bu haqda mamlakat Milliy assambleyasi spikeri Xorxe Rodriges ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qolgan va tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar qatoriga kiritilgan.
BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tom Fletcher 50 mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini bayon qilgan.
Mamlakatga xalqaro yordam va qutqaruvchilar yetib bormoqda. Venesuela sog‘liqni saqlash tizimi dori-darmon va tibbiy buyumlarning o‘tkir tanqisligini boshdan kechirmoqda.
BMTning xabar berishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga allaqachon mingga yaqin xalqaro mutaxassislar, jumladan, qidiruv itlari bo‘lgan kinologlar otryadlari jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 iyun kuni kunduzi Venesuelada 39 soniyalik farq bilan ikkita zilzila sodir bo‘lgandi: birinchi silkinish San-Felipe yaqinida 7,2 magnitudali, undan keyingi asosiysi esa Yumaredan janubi-sharqda 7,5 magnitudali bo‘ldi. Seysmologlar kamida 138 ta aftershokni (qayta yer silkinishini) qayd etdi.
Live
Barchasi