Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1,5 mingga yaqinlashdi
Olam
−
28 iyun 1790 1 daqiqa
Venesuelada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 1 ming 400 nafarga yetdi. 3 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Xorxe Rodriges ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda vaqtinchalik boshpanalarda 3 ming 142 ta jabrlangan oila qolmoqda. Qutqaruv ishlari va vayronalarni tozalash jarayoni davom etar ekan, halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni ortishda davom etmoqda.
Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) baholashiga ko‘ra, Venesueladagi zilzilalardan 6,76 milliongacha kishi jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin.
Mamlakatga xalqaro yordam va qutqaruvchilar yetib bormoqda. Venesuela sog‘liqni saqlash tizimi dori-darmon va tibbiy buyumlarning o‘tkir tanqisligini boshdan kechirmoqda.
BMTning xabar berishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga allaqachon mingga yaqin xalqaro mutaxassislar, jumladan, qidiruv itlari bo‘lgan kinologlar otryadlari jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 iyun kuni Venesuelada so‘nggi 126 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.