Venesueladagi zilzila qurbonlari 3 mingga yaqinlashdi

Olam

image

Venesuelada joriy yil 25 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan ikkita zilzila qurbonlari soni deyarli 3000 kishiga yetdi. Bu haqda kecha, 4 iyul kuni mamlakat parlamenti spikeri Xorxe Rodriges bayonot berdi.

Unga ko‘ra, falokat oqibatida kamida 2954 kishi halok bo‘lgan, yana kamida 16 592 nafar aholi jarohatlangan. Zilzilalardan o‘n kun o‘tib, xalqaro qutqaruv guruhlari vayronalar orasidagi qidiruv amaliyotlarini asta-sekin yakunlamoqda, vaholanki, o‘n minglab odamlar hanuzgacha bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. AFP’ning yozishicha, bu kabi tabiiy ofatlar paytida vayronalar ostidan odamlarni qutqarib qolish uchun eng muhim vaqt, qoida tariqasida, 72 soatni tashkil etadi.

Guvohlarning jurnalistlarga so‘zlab berishicha, zilziladan keyingi dastlabki soatlarda ko‘pchilik qutqaruv guruhlari yetib kelguniga qadar yaqinlarini qidirib, vayronalarni o‘z kuchlari bilan vayron qilib, tozalashlariga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyun kuni Venesuela shimolida, mamlakat poytaxti Karakasdan g‘arbda, bor-yo‘g‘i 39 soniyalik farq bilan magnitudasi 7,2 va 7,5 ga teng bo‘lgan ikkita zilzila yuz bergandi. Bu mamlakatda so‘nggi 125 yil ichida kuzatilgan eng kuchli yer silkinishlari hisoblanadi. Ulardan keyin o‘nlab aftershoklar yuz berdi va ularning oqibatida ko‘plab uylar vayron bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing