Vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi
Jamiyat
−
20 dekabr 2022
9705O‘zbekistonda vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.
“Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinadi, Hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgaradi.Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi.
Endi har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoq tarkibidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqaradi.
“Ko‘p vazirlar o‘zgaradi. O‘z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo‘layotgan vazirlar lavozimida qoladi. O‘ylaymanki, bunday yondashuv adolatli bo‘ladi.
Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqaradi.Iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi. Har bir vazirning siyosiy maqomi, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi mas’uliyati oshiriladi. Bunga mos ravishda javobgarligi ham kuchaytiriladi. Ularga aholi muammolarini hal qilish uchun yetarli vakolat va mablag‘ beriladi. Vazirliklar faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon bo‘ladi”, deydi Prezident.
LiveBarchasi