V1 sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
15 iyul 2025 5336 1 daqiqa
Toshkent shahrida magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun V1 sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. va boshqalar fuqaro N.A. ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun tanishlari yordamida 1 900 AQSH dollari evaziga V1 sertifikatini olib berishlarini va’da qilgan. Ular oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Farg‘ona shaharlarida oliy ta’lim muassasalariga noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari aniqlangandi. Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025