O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
09:06 6530 1 daqiqa
Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol hamda chang to‘zonlari kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun kunduz kuni Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayadi. Ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 20-23 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 21-22 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjudligi haqida xabar bergandi.
Live
Barchasi