O‘zgidromet fuqarolarga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
17 noyabr 2022 27161 1 daqiqa
Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari respublikaning bir qancha hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin tumani;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi Gidromet xabarida.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust