O‘zgidromet 5 viloyat aholisini qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi
Jamiyat
−
10 mart 2023 5742 1 daqiqa
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025