O‘zbekistonning JCHdagi o‘yini Qozog‘istonda rekord o‘rnatdi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs Qozog‘istonda turnirning eng yuqori reyting qayd etgan teletranslatsiyasi bo‘ldi. Bu haqda “Qazsport” xabar berdi.

“Qazsport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgan Portugaliya – O‘zbekiston uchrashuvi turnir doirasidagi barcha translyatsiyalar orasida eng yuqori reytingni qayd etgan.

“K Research Central Asia” ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvni televideniye va raqamli platformalar orqali qariyb 2 million nafar tomoshabin kuzatgan. Translyatsiyaning televizion reytingi 4,76 foiz, tomoshabinlar ulushi esa 45,1 foizni tashkil etgan.

Jahon chempionatining eng ko‘p tomosha qilingan beshta uchrashuvi quyidagicha:

  • Portugaliya – O‘zbekiston: reyting 4,76%, ulush 45,1% (1 680 161 nafar tomoshabin);
  • Portugaliya – Kongo Demokratik Respublikasi: reyting 3,61%, ulush 37,8%;
  • Argentina – Avstriya: reyting 3,42%, ulush 33,5%;
  • Ispaniya – Kabo-Verde: reyting 2,88%, ulush 24,1%;
  • Germaniya – Kyurasao: reyting 2,86%, ulush 32,5%.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs portugaliyaliklarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl muallifi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing