O‘zbekistonning JCHdagi ehtimoliy raqiblari bittaga kamaydi
Sport
−
27 mart 12816 1 daqiqa
Bugun, 27 mart kuni qit’alararo pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Yamayka terma jamoasi Yangi Kaledoniya ustidan g‘alaba qozondi.
Meksikada bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Beyli Kadamarteri yagona gol muallifiga aylandi. Shu tariqa, Yamayka mundial yo‘llanmasi uchun final bosqichiga yo‘l oldi.
Shuningdek, pley-off bosqichining ikkinchi uchrashuvida Boliviya terma jamoasi Surinam ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Endilikda ular Iroq bilan mundial yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Yamaykaliklar esa qit’alararo pley-off finalida joriy yilning 31 mart kuni Meksikada Kongo terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs g‘olibi O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga Jahon chempionatining “K” guruhidan joy oladi.
Ma’lumot uchun, ushbu guruhda O‘zbekistondan tashqari Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari ham bor.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel