O‘zbekistonning sobiq bosh vaziri o‘rinbosari Moskvada vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Valeriy Atayev 75 yoshida Moskvada vafot etdi. Bu haqda TASS o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

"O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Valeriy Atayev Leninskiy prospektidagi kvartirasida vafot etdi. U 75 yoshda edi", deydi agentlik suhbatdoshi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan, biroq politsiya tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Valeriy Atayev 1990-yillarda O‘zbekiston energetika vaziri bo‘lgan, keyin Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. 2009 yilda u Moskvaga jo‘nab ketdi, chunki O‘zbekistonda unga qarshi o‘g‘rilik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. OAV xabariga ko‘ra, u Moskvada qo‘lga olingan, biroq qo‘yib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Valeriy Ataev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar