O‘zbekistonning raqibi JCH oldidan jiddiy muammoga duch kelmoqda
Sport
−
20 may 10048 1 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasining muxlislariga 2026 yilgi Jahon chempionati uchun AQSHga kirishi taqiqlanishi mumkin. Bu haqda CNN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, AQSH Ebola virusiga qarshi kuchaytirilgan sanitariya choralarini joriy qilgan. Mamlakat Uganda, Kongo Demokratik Respublikasi yoki Janubiy Sudanga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolarning mamlakatga kirishi cheklashi mumkin. Hatto ushbu taqiq 2026 yilgi Jahon chempionatidan oldin bekor qilingan taqdirda ham kongolik muxlislar o‘yinlarga bora olmasligi ehtimoli yuqori. Chunki ular AQSHga borganidan keyin bir necha hafta davomida izolyatsiya va karantin talablariga rioya qilishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, KDR Jahon chempionatini joriy yilning 17 iyun kuni Portugaliyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Afrika qit’asi vakillarining O‘zbekiston terma jamoasi bilan uchrashuvi guruh bosqichining 3-turida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs joriy yilning 28 iyun kuniga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KDR terma jamoasi mundial uchun qaydnomasini elon qilgandi.

Live
Barchasi