O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p tug‘ilish qayd etildi?
Bu qiziq
−
29 may 2025 9046 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Samarqand viloyatida 32 118 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan va bu O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha 266 ming 478 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Tug‘ilishlarning hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11 896 ta;
- Andijon viloyati – 23 513 ta;
- Buxoro viloyati – 12 390 ta;
- Jizzax viloyati – 11 787 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 29 792 ta;
- Navoiy viloyati – 7 367 ta;
- Namangan viloyati – 22 843 ta;
- Samarqand viloyati – 32 118 ta;
- Surxondaryo viloyati – 24 599 ta;
- Sirdaryo viloyati – 6 634 ta;
- Toshkent viloyati – 20 698 ta;
- Farg‘ona viloyati – 30 371 ta;
- Xorazm viloyati – 12 447 ta;
- Toshkent shahri – 20 023 ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-aprel oylarida 1 nafar tug‘ilganlar 260 ming 119, 2 nafar (egizaklar) tug‘ilganlar 6 179, 3 nafar va undan ortiq tug‘ilganlar 180 ekani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025