O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik xotin-qizlarni ogohlantirdi. Bu haqda konsulxonaning Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik xotin-qizlarni Istanbul, Antalya, Izmir, Bodrum va boshqa shaharlarga katta mablag‘ evaziga konsomatris xizmatlarga yollashga oid reklamalar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. 

Bunda paviyon (tungi kafe) xodimlari yosh qizlarni mijozlariga o‘z narxidan oshirilgan bahosida ichimlik va oziq-ovqatlarni sotib olishga ko‘ndirish uchun yollamoqda. 

Ayni paytda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanganlarga mahalliy politsiya tomonidan Turkiyadan chiqarib yuborish jazosi qo‘llanilyapti. 

“Hurmatli opa-singillar! Bu konsomatris faoliyati bizning urf-odatimiz, milliy an’analarimiz va muqaddas dinimizga to‘g‘ri kelmasligi hammamizga ma’lum. Turkiya hududida huquqbuzarliklar ishtirokchisi bo‘lib qolishingiz, jabr ko‘rishingiz yoki aybdor bo‘lib qolishingizning oldini olish maqsadida, siz yashab turgan davlatning qonun talablariga rioya qilishingizni, o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan joylar va shaxslardan yiroq bo‘lishingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, bosh konsulxona aholidan agar shu kabi reklama tarqatayotganlar va konsomatrislikka jalb qilayotgan shaxslar haqida ma’lumot bo‘lsa, konsulxonaga xabar berishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul O'zbekiston bosh konsulxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing