O‘zbekistonning aholisi eng zich joylashgan hududi qaysi?
Jamiyat
−
14 fevral 2022 26826 1 daqiqa
Joriy yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 78,6 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021 yilda 1 kv.km.ga 77 kishi).
Hududlar bo‘yicha 1 km.kv. yer maydoniga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha aholi soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11,7 kishi;
Andijon viloyati – 756,6 kishi;
Buxoro viloyati – 49,1 kishi;
Jizzax viloyati – 68,1 kishi;
Qashqadaryo viloyati – 119,3 kishi;
Navoiy viloyati – 9,3 kishi;
Namangan viloyati – 394 kishi;
Samarqand viloyati – 240,4 kishi;
Surxondaryo viloyati – 136,5 kishi;
Sirdaryo viloyati – 205,3 kishi;
Toshkent viloyati – 192,9 kishi;
Farg‘ona viloyati – 576,4 kishi;
Xorazm viloyati – 318 kishi;
Toshkent shahri – 8 035,1 kishi.
Ma’lumot uchun,, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 35 271 276 kishini tashkil etmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni eng ko‘p ekani haqida ma’lumot bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025