O‘zbekistonliklar o‘rtacha qancha umr ko‘rayotgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
26 iyun 14461 1 daqiqa
O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2025 yilda 75,4 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statistikaga ko‘ra, mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yosh bo‘lgan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich o‘sib, 2000 yilda 70,8 yoshga, 2010 yilda 73 yoshga, 2015 yilda esa 73,6 yoshga yetgan.
2020 yilda pandemiya davrida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,4 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda yana o‘sish kuzatildi. Xususan, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 75,1 yoshga, 2025 yilda esa 75,4 yoshga yetdi.
Mutaxassislar umr ko‘rish davomiyligining oshishini sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, tibbiy xizmatlar sifati va qamrovining kengayishi, profilaktik tadbirlarning kuchaytirilishi hamda aholining turmush sharoiti yaxshilanib borayotgani bilan izohlaydi.
O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini aks ettiruvchi muhim demografik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, uzoq umr ko‘ruvchilarning 66,3 foizi ayollar, 34,6 foizi erkaklar ekani aniqlangandi. Mamlakatda 90 yosh va undan katta bo‘lgan fuqarolar soni 18 915 nafarni tashkil etgan. Ularning 56,5 foizi shahar, 43,5 foizi esa qishloq joylarda yashaydi.
Live
Barchasi