O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz Jahon kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Sport

image

O‘zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan 3.4-hududiy Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egallab, FIDE Jahon kubogi musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda “UzChess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Hamdamova mazkur turnirda 9 turda 6 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etib, 7.5 ochko to‘pladi va reytingni 17.6 ballga yaxshiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Jahon kubogi joriy yilning 5-29 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati FIDE Jahon kubogi Afruza Hamdamova O'zbekistonlik shaxmatchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing