O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
09 iyun 2023 12735 1 daqiqa
Gruziyada bo‘lib o‘tgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova oltin medal sovrindori bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Axborot xizmati xabar berdi.
Gruziyaning Batumi shahrida 6-8 iyun kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston nomidan dona surgan Umida Omonova rapid bo‘yicha kadetlar va yoshlar musobaqasida “Qizlar 18” guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Shuningdek, “Qizlar 08” guruhida ishtirok etgan Mumtozbegim Sobirova 8 ochko jamg‘arib, “World Cadet & Youth Rapid Championships 2023” musobaqasining kumush medaliga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, turnirda jami 35 davlatdan 450 nafardan ortiq shaxmatchi 12 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan esa 21 nafar shaxmatchi qatnashdi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi