O‘zbekistonlik poygachi Formula musobaqalarida ishtirok etadi

Sport

p

O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi (O‘zMAK) Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) teng huquqli a’zosi bo‘lgach, o‘zbekistonlik pilot Ismoil Ahmadxo‘jayev O‘zbekiston tarixida ilk bor Formula 4 divizioni chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.

“F-4 UAE Championship” musobaqasi FIA ko‘magida bir oy davomida Birlashgan Arab Amirliklarining ikki shahri – Dubay va Abu-Dabida o‘tkaziladi. Poygalar Formula 1 trassalarida, ya’ni “Yas Marina” va Dubay avtodromida tashkil etiladi. Poygalar ertaga, 20 yanvar kuni start oladi.

Eng yuqori xavfsizlik standartlariga rioya qilingan holda, shuningdek, xarajatlarni me’yor darajasida ushlab turish orqali tashkil etiladigan “F-4 UAE Championship” yosh poygachilarga xalqaro miqyosda tan olingan trassalarda o‘z mahoratini oshirish hamda formula toifalarida o‘z faoliyatini boshlash uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Chunki dastlabki uchta mavsumda ishtirok etgan ko‘plab avtopoygachilar allaqachon Formula 4 va Formula 3 bo‘yicha Yevropa chempionatlarida o‘z ishtirok etmoqda.


 


Maqola muallifi

Teglar

FIA Formula 4 Ismoil Ahmajdxo'jaev

Baholaganlar

22

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar