O‘zbekistonlik kurashchi Olimpiada yarim finaliga chiqdi
Sport
−
08 Avgust 2024 11264 1 daqiqa
Yunon-rum kurashining -57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik G‘ulomjon Abdullayev chorak final bahsida qatnashib, g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Abdullayev chorak finalda armanistonlik Arsen Xarutyunyanni mag‘lub etishni uddaladi. Endi u kechki dasturda final yo‘llanmasi uchun amerikalik Spenser Liga qarshi bellashadi.
Bugungi kun dasturida yana bir kurashchi Javrail Shapiyev ham chorak final bahsida ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, G‘ulomjon Abdullayev hozircha o‘zbekistonlik yunon-rum kurashi vakillari orasida birinchi bo‘lib yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishni uddaladi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr