O‘zbekistonlik futbolchi Turkiya chempionati ramziy jamoasiga kiritildi
Sport
−
06 may 2025 10508 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Rizespor” klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov mamlakat Superligasining 34-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi. Bu haqda “Sofascore” xabar berdi.
Portal tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoada Aliqulovning Turkiya chempionati oxirgi turida ko‘rsatgan o‘yini 7,7 ballga loyiq ko‘rildi. “Rizespor” 34-turda “Gaziantep” klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, Aliqulov esa to‘liq 90 daqiqa maydonda bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Turkiya chempionatining ortda qolga turlaridan keyin “Rizespor” 40 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. 26 yoshli Aliqulovning rizeliklar bilan shartnomasi 2026 yil yozida nihoyasiga yetadi. Hozirda o‘zbekistonlik himoyachi jamoasining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Live
Barchasi