O‘zbekistonlik hakamlar JCHning qaysi o‘yinini boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi “S” guruhidan o‘rin olgan Marokash va Shotlandiya o‘rtasidagi o‘yinni boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan FIFA Jahon chempionati bahslari qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqaning navbatdagi uchrashuvlaridan biri o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilgan.

FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya – Marokash uchrashuvini boshqarib boradi.

Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing