O‘zbekistonda so‘nggi 11 oyda qiz ko‘p tug‘ildimi yoki o‘g‘il?
Bu qiziq
−
19 dekabr 2023 31936 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 887 424 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga oshgan.
2023 yilning 11 oyida tug‘ilganlarning:
- 459 701 nafari o‘g‘il bolalar;
- 427 723 nafari qiz bolalar.
O‘zbekistonda 2023 yilning 11 oyida qiz bolalarga nisbatan 31 978 nafar ko‘p o‘g‘il bolalar tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida respublika bo‘yicha 141 090 ta tirik tug‘ilish holati FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4714 taga (3,5%) ko‘paygan.