O‘zbekistonda Saylov kodeksi tasdiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Kodeks Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Ilgari mazkur saylovlarni o‘tkazish tartibi alohida-alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solingan edi. 

Saylovlarda har bir fuqaro bir ovozga ega.

Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning hohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing