O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi e’lon qilindi. Tegishli qaror mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 12 fevral kuni imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatni kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning harbiy yoshdagi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Safarbarlik chaqiruvi rezerviga muddatli harbiy xizmatga yaroqli, muddatli harbiy xizmatni o‘tashni kechiktirish yoki undan ozod qilish huquqiga yega bo‘lmagan, ammo ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmagan fuqarolar qabul qilinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari rezerviga muddatli harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan muddatlarini o‘tagan harbiy xizmatchilar 2024 yilning mart-aprel oylarida bo‘shatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston muddatli harbiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing