O‘zbekistonda mahalliy dori ishlab chiqarish hajmi 8,5 trln so‘mga yetkaziladi
Jamiyat
−
06 mart 1005 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2026 yilda farmatsevtika sohasida mahalliy ishlab chiqarish hajmi 8,5 trillion so‘mga yetkaziladi. Bu haqda Prezidentning kecha, 5 mart kuni qabul qilingan “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.
Hujjatga muvofiq, 2026 yilda farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish hajmini 8,5 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. Bu nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish, balki aholini mahalliy dori vositalari bilan ta’minlash darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, tarmoqni rivojlantirish maqsadida 1 milliard dollarlik istiqbolli investitsiya loyihalari shakllantirilishi, 800 million dollarlik yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 300 million dollarlik eksport ko‘rsatkichlariga erishish belgilangan.
Muhim jihatlardan yana biri – 350 turdagi yangi dori vositalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish. Bu mahalliy farmatsevtika bozorini kengaytirish va importga bog‘liqlikni kamaytirishga xizmat qiladi.
Farmon doirasida “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasteri hududini kengaytirish va uni mintaqadagi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – “BioPharma City”ga aylantirish ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yil 1 apreldan boshlab farmatsevtika korxonalari yer, tadbirkorlar foyda va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi