O‘zbekistonda xonandalar soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

Jamiyat

image

Soliq qo‘mitasi tomonidan joriy yiling 30 iyun kuni yo‘lga qo‘yilgan “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati bo‘yicha “Soliq” mobil ilovasida soliq deklaratsiyalarini yuborish bo‘yicha dastlabki natijalar e’lon qilindi.  Unga ko‘ra, Xorazm va Toshkent shahri yetakchi. Bu haqda joriy yilning 18 avgust kuni Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu xizmat xonanda va ijrochilarga yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani soliq organlariga taqdim etish imkonini beradi. Bu orqali ular konstitutsiyaviy burchi bo‘lgan – daromad solig‘ini to‘lash majburiyatini bajarmoqda.

Jarayon “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida soddalashtirilgan.

Shu sababli, “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan xonanda va ijrochilar “Soliq” mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagach va Face-ID'dan o‘tgach, ushbu xizmatdan avtomatik tarzda foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunga qadar konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan 1 954 nafar xonanda daromadlari to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.

Eng ko‘p deklaratsiya topshirgan TOP-5 ta hudud:

Xorazm viloyatida – 294 nafar;

Toshkent shahrida – 291 nafar.

Buxoro viloyatida – 212 nafar;

Samarqand viloyatida – 207 nafar;

Toshkent viloyatida – 157 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda mualliflik huquqini buzgan ijodkorlarning litsenziyasi bekor qilinishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

xonandalar Kontsert-tomosha faoliyati xizmati soliq deklaratsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar