O‘zbekistonda xayriya mablag‘lari yig‘ishning aniq tartibi belgilanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bugun, 25 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Bildirilishicha, ushbu qonun loyihasi homiylik faoliyati sub’ektlariga nisbatan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish, homiylik tashkilotlarining faoliyati ochiqligini va fuqarolarning ularga nisbatan ishonchini oshirish hamda homiylik faoliyatini amalga oshirish uchun pul mablag‘larini yig‘ishni qonuniy tartibga solishni nazarda tutadi.

Shuningdek, qonun loyihasida homiylikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari, homiylik xayriyalarini yig‘ish, xayriya qutisini o‘rnatish va undan foydalanish tartiblari, shuningdek, homiylik xayriyalari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish va bu jarayonning ochiqligini ta’minlash shartlari belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzishning oldini olish, homiylik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda ularga nisbatan fuqarolarning ishonchini ortishiga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston xayriya homiylik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing