O‘zbekistonda inflyatsiya 7 foizgacha yetishi mumkin – XVJ

Jamiyat

image

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston 2026 yilda inflyatsiya darajasi eng yuqori bo‘lishi kutilayotgan dunyodagi davlatlar qatoriga kiritildi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) prognozlarida keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston 10,7 foizlik prognoz bilan 18-o‘rinni egallagan. Qirg‘iziston esa 10,6 foizlik ko‘rsatkich bilan 19-o‘rinda qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari ichida aynan shu ikki mamlakatda iste’mol narxlarining o‘sishi eng yuqori darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Boshqa mintaqalar davlatlari bo‘yicha prognozlar quyidagicha:

  • O‘zbekiston – 7%
  • Belarus va Moldova – 6,4%
  • Ukraina – 6,1%
  • Ozarbayjon – 6%
  • Rossiya – 5,6%
  • Gruziya – 4,4%
  • Tojikiston – 4%
  • Turkmaniston – 3,9%
  • Armaniston – 3,6%

Eng yuqori inflyatsiya esa Venesuelada kutilmoqda – 387,4%. Kosta-Rika esa deflyatsiya qayd etilishi mumkin bo‘lgan yagona davlat sifatida ko‘rsatilgan.

XVJ ma’lumotlari mamlakatlardagi narxlar dinamikasini baholash va iqtisodiy barqarorlikni tahlil qilish uchun ishlatiladi.

Ma’lumot uchun, inflyatsiya – bu iqtisodiyotda tovar va xizmatlar narxlarining umumiy darajasi vaqt o‘tishi bilan oshib borishi, ya’ni pulning xarid qobiliyati pasayib ketishi holatidir. Oddiy qilib aytganda, avval bir miqdor pulga ko‘proq narsa sotib olish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, inflyatsiya kuchayganda shu pulga kamroq mahsulot yoki xizmat olish mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank aprel oyida O‘zbekistonda umumiy yillik inflyatsiya 7 foizni tashkil etib, mart oyiga nisbatan biroz pasayish trendini ko‘rsatgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing