O‘zbekistonda II Jahon urushi qahramonlari haqida ma’lumot beruvchi sayt ishga tushdi
Jamiyat
−
06 may 2020 43085 1 daqiqa
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan xotira.archive.uz sayti ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu sayt orqali Ikkinchi jahon urushida qatnashgan askarlar, urush qahramonlari haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Ushbu loyiha G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, Rossiyada ham xuddi shunday pamyat-naroda.ru sayti ishga tushirilgan. Unda urush faxriysining ismi-sharifi kiritilsa bas, uning jangavor hayot yo‘li (qachon urushga yuborilgan, qaysi frontt chizig‘ida xizmat qilgan, jangavor mukofotlari) haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust