O‘zbekistonda “Gazprombank”ning UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi
Olam
−
25 noyabr 2024 3325 1 daqiqa
Rossiyaning “Gazprombank”i tomonidan chiqarilgan UnionPay to‘lov tizimi kartalariga bir qator mamlakatlar banklarida, xususan, O‘zbekiston banklarida ham xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Gazprombank” tomonidan chiqarilgan UnionPay to‘lov tizimi kartalariga O‘zbekiston, Turkiya, BAA, Vengriya, Tayland, Hindiston, Qozog‘iston, Qatar, Vetnam, Janubiy Koreya, Tunis, Misr, Argentina, Janubiy Afrika Respublikasi, Gretsiya, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Marokashning Rabot shahridagi banklar xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan.
“Xususan, Vengriyada “Gazprombank” kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelgan yagona bank OTP bo‘lib, uning bankomatida naqd pul yechib olishga urinishda bu kartalar qabul qilinmasligi haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Mazkur vaziyatning sabablariga oid aniq ma’lumot hozircha berilmagan. Biroq bu harakat xalqaro moliyaviy operatsiyalar va sanksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprelidan Qirg‘izistonning "Elkart" milliy to‘lov tizimining operatori banklararo protsessing markazi Amerika Qo‘shma Shtatlari “Mir” operatori Rossiya milliy to‘lov kartalari tizimiga qarshi blokirovka qiluvchi sanksiyalarni joriy qilgani sababli ikkilamchi sanksiyalar xavfini minimallashtirish uchun “Mir” bank kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi