O‘zbekistonda chiqindilarni ommaviy yig‘ish umummilliy harakati tuziladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyulidan “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” (O‘zPlogging) umummilliy harakati tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 iyuldan chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.

2023 yil 1 dekabrdan quyidagi yerlarda elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalari barpo etiladi:

Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlar hududlaridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, sig‘imi 100 avtomobildan ortiq bo‘lgan avtoturargohlar hamda bozorlar hududida;

“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori avtomagistral yo‘llarida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, savdo va ko‘ngilochar markazlari hududida.

“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorining cho‘l va sahro qismida quyosh elektr stansiyalarini qurgan holda birinchi 50 ta elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 million so‘m subsidiya sifatida ajratiladi.

2023 yil 1 iyuldan “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” (O‘zPlogging) umummilliy harakati tashkil etiladi.

Shuningdek, farmonga ko‘ra:

  • “Tabiatga mehr” innovatsion va intellektual loyihalar tanlovi o‘tkaziladi;
  • “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni) uchun tanlov e’lon qilinadi;
  • “Yosh ekologlar” harakati ko‘krak nishoni ta’sis etiladi;
  • maktablarning Milliy o‘quv dasturiga “ekosoat” darslari kiritiladi.

2024 yil 1 yanvardan Nukus shahrida ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi.

Yil yakuniga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylar rag‘batlantiriladi. G‘olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi. Mazkur tajriba 2025 yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.

Farmonga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) tashkil etildi. 2023 yil 1 iyulgacha Respublikada tashkil etiladigan ekologik aksiyalar maxsus platformasi ishga tushiriladi.

2024 yil 1 yanvardan davlat o‘rmon fondi uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

chiqindilar Chiqindilarni ommaviy yig'ish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made