Özbekistonda bankomat işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin
Jamiyat
−
13:13 430 1 daqiqa
Özbekistonda bankomatlarga bölgan talabni hisob-kitob qiliş, texnologiya va investorlarni jalb etib, ularni mahalliy işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganiş vazifasi qöyildi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan elektrotexnika sanoati vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqotda söz bordi.
Qayd etilişiça, içki bozorda bankomatlarga ham talab katta. Ötgan yili mamlakatda 9 mingta bankomat xarid qilinib, 50 million dollardan ortiq mahsulot import qilingan. Savdo va köngiloçar majmualar, yangi uy-joy massivlarining köpayişi bilan mazkur ehtiyoj yana ortadi.
Şu munosabat bilan bankomatlarga bölgan talabni hisob-kitob qiliş, texnologiya va investorlarni jalb etib, ularni mahalliy işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganiş vazifasi qöyilgan.
Şu kabi imkoniyatlar Toşkent viloyatida energiya batareyalari va elektronika uçun yupqa mis folgasi, Jizzaxda elektromobillar uçun invertorlar va zaryadlaş qurilmalari, Namanganda suv nasoslari uçun energiya tejamkor elektr dvigatellar, Qoraqalpoğistonda serverlar uçun uzluksiz elektr ta’minoti va sovitiş tizimlari işlab çiqariş yönalişlarida ham mavjud.
Live
Barchasi