O‘zbekistonda bahor qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Bu qiziq

image

Bahorning ilk kunlaridan boshlab havo harorati ko‘tariladi, 2 martda kechasi 2-7 daraja iliqni, kunduzi 17-22 daraja iliqni tashkil etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta oxirida qisqa muddatga sovuqni olib kelgan sovuq havo massasi O‘zbekiston hududidan shiddat bilan chekinmoqda. 

28 fevral va 1-2 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim tumanlarida 2 mart kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 2 martda kechasi 2-7 daraja iliqni, kunduzi 17-22 daraja iliqni tashkil etadi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida 27-28 fevral kunlari qor ko‘chishi xavfi bor. 

3 martda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va 12-17 daraja iliqni tashkil etadi. 

2-3 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 

Poytaxtda 27-28 fevral va 1-2 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin ko‘tariladi va 2 mart kuni 19-21 daraja iliqni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing