O‘zbekiston Jahon chempionatidan quruq qoldi

Sport

image

Bugun, 19 mart kuni Avstraliyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi doirasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmasi uchun uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Filippin ayollar terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mazkur bahs Sidney shahrida tashkil etiladi. Qayd etish joiz, ushbu bellashuv g‘olibi kelasi yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘lishi kerak edi. Shu sababli Filippin yo‘llanmaga ega bo‘ldi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan bosh berdi.

Ma’lumot uchun, “B” guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi guruhda Xitoy va Shimoliy Koreyaga yirik hisoblarda mag‘lub bo‘lgan edi. So‘nggi turda Bangladesh ustidan qozonilgan g‘alaba esa jamoaga pley-off bosqichiga chiqish imkonini berdi. 

Chorak final bosqichida Kotrina Kalbayte shogirdlari Janubiy Koreya terma jamoasiga 0:6 hisobida yutqazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing