O‘zbekiston yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva London fond birjasida mamlakat aksiyalarining tarixda ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

“Mamlakatimiz tarixida ilk bor aksiyalarimiz xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi Franklin Templeton bilan hamkorlikda bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirishicha, tizimli va izchil islohotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti 3 barobar o‘sgan, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlangan. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylangan.

“Mamlakatimiz IPO jarayonlarida “BlackRock”, “Franklin Resources”, “Redwheel” kabi ko‘plab yirik xalqaro investorlarning ishtirok etishi dunyo hamjamiyati tanlagan yo‘limiz, salohiyatimiz va kelajagimizga ishonch bildirayotganining yorqin isbotidir”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi Londonda tarixiy IPO’ni amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Mutaxassislar O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining xalqaro maydonga chiqishi nafaqat moliyaviy bitim, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi va jahon kapital bozorlari bilan integratsiyalashuvining muhim bosqichiga aylanganini e’tirof etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva IPO London fond birjasi Franklin Templeton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing