O‘zbekiston va Turkiyaning xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalari ochiqlandi
Olam
−
29 mart 2022 8424 2 daqiqa
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tor doirada muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yetakchilar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va ishonchga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda asosiy e’tibor strategik sheriklik munosabatlar darajasini yuksaltirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga qaratilgan.

“Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Hukumatlar, vazirlik va idoralar, hududlar darajasida doimiy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish O‘zbekiston va Turkiya hamkorligining muhim yo‘nalishi ekanini qayd etdilar.
Shu ma’noda, mamlakatlarimizning katta salohiyati va imkoniyatlarini, shu jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya mexanizmidan faol foydalanish orqali ro‘yobga chiqarish zarurligi ta’kidlandi”, deyiladi Matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashar ekanlar, mamlakatlarning pozitsiyalari o‘xshash ekanini qayd etganlar. Ko‘p tomonlama xalqaro institutlar doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.
Live
Barchasi