O‘zbekiston U-23 Afg‘onistonni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
06 Sentabr 2023 12452 1 daqiqa
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichining 1-turi doirasida O‘zbekiston - Afg‘oniston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda 9 ta gol urildi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu gollarning 8 tasi O‘zbekiston termasi hisobiga yozildi.

O‘zbekistonlik futbolchilar uchrashuvning dastlabki 45 daqiqasida raqib darvozasini faqat 2 marta ishg‘ol qila oldi, bu gollarning birinchisi 13-daqiqada Jasur Jaloliddinov tomonidan kiritilgan bo‘lsa, ikkinchisi o‘yinning 36-daqiqasida Alibek Davronov tomonidan urildi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida Afg‘oniston futbolchilari hisobni qisqartirdi, yagonaligini saqlab qolgan bu golga 42-daqiqada Umid Musavi mualliflik qildi.

O‘yinning 47 va 52-daqiqalarida Husayn Norchayev, 54-daqiqasida Jasur Jaloliddinov, 87-daqiqada yana Norchayev, 88-daqiqada Alisher Odilov Afg‘oniston darvozasiga gol urgan bo‘lsa, yakuniy to‘pni 90+1-daqiqada Muhammadqodir Hamraliyev kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston U-23 jamoasi yirik – 7 ta golli farq bilan g‘alaba qozondi.
Live
Barchasi