O‘zbekiston sentyabrda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi

Jamiyat

image
Umuman bema’ni ma’lumot – MB raisi Rossiya bilan oltin savdosi bo‘yicha mish-mishlar haqida north_east

Umuman bema’ni ma’lumot – MB raisi Rossiya bilan oltin savdosi bo‘yicha mish-mishlar haqida

O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilning sentyabr oyida oltin sotgan yagona bank sifatida qayd etildi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida keltirilgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida markaziy banklar tomonidan sof oltin xaridlari 39 tonnani tashkil etgan – bu 2025 yildagi eng yuqori oylik ko‘rsatkich hisoblanadi. Umuman olganda, jami 43 tonna qimmatbaho metall sotib olingan. Eng yirik xaridor Braziliya Markaziy banki bo‘lib, u 15 tonna oltin xarid qilgan. Kuchli uchlikka Qozog‘iston (8 tonna) va Gvatemala (5 tonna) markaziy banklari ham kirgan. Rossiya, Turkiya, Chexiya, Xitoy va Gana ham kichik hajmlarda xaridlar amalga oshirgan.

Yagona oltin sotuvchi mamlakat O‘zbekiston Markaziy banki bo‘lgan – u 4 tonna oltin sotgan. Yil davomida respublika 21 tonna ko‘rsatkich bilan Sinqapur va Rossiyani ortda qoldirib, dunyoda eng yirik oltin sotuvchi mamlakat maqomini saqlab qolmoqda.

Jahon bo‘yicha yil boshidan buyon umumiy sof oltin xaridlari 200 tonnani tashkil etgan. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan biroz kam (215 tonna edi).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki dunyodagi eng yirik oltin xaridori bo‘lgandi. O‘shanda O‘zbekiston Markaziy banki 9 tonna oltin xarid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin Markaziy bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing