O‘zbekiston Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
31 may 2021
9476O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi 8–18 a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Ilgari 6-8 nafar edi.
Endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi kiritilmaydi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
LiveBarchasi