O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha rekordni yangiladi
Jamiyat
−
26 Sentabr 9836 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 8,42 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 oyda O‘zbekistonning umumiy eksporti qiymati 22,98 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan 8,42 mlrd dollari yoki 36,7 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakat tarixida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Masalan, 2024 yilning shu davrida oltin eksporti 4,98 mlrd dollarni tashkil etgan. 2023 yil yakunida bu ko‘rsatkich keskin oshib, 8,1 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2021 va 2022 yillarda esa har ikki yilda ham qiymat 4,1 mlrd dollar atrofida bo‘lgan. 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda 4,9 mlrd dollarlik va 2018 yilda esa 2,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan.
Shuningdek, 2025 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qiymati ilk bor 50,1 mlrd AQSH dollariga yetdi. Uning 40 mlrd dollardan ortiq qismini oltin tashkil qiladi. Mamlakat zaxirasida 11,8 mln unsiya (334,5 tonna) oltin mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 48 milliard dollardan oshgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi