O‘zbekiston ochlik darajasi pastligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

Jamiyat

image
O‘zbekiston Ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi north_east

O‘zbekiston Ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi

O‘zbekiston 2021-2023 yillarda 21 ball bilan eng yaxshi natijalarni qayd etib, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi borasida yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Global Hunger Index 2024 yilgi ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi siyosiy va institutsional yondashuvlarining samaradorligini ko‘rsatadi.

2024 yil holatiga ko‘ra Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar reytingi:

  • Qozog‘iston – 25 ball;
  • Qirg‘iziston – 36 ball;
  • Tojikiston – 65 ball;
  • Turkmaniston – 50 ball.

2020 yilga nisbatan GHI dinamikasi tahlili:

  • Tojikiston – eng og‘ir holatda, oxirgi uch yil ichida indeks 62–67 ball oralig‘ida bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida jiddiy muammolar mavjud;
  • Qozog‘iston – 2020 yilda 21 ball bilan boshlagan, biroq 2021 yilda indeks 28 ballgacha ko‘tarilgan, hozirda esa 24–25 atrofida barqarorlashgan. Bu oziq-ovqat xavfsizligida muayyan tahdidlar borligini anglatadi;
  • Qirg‘iziston – asta-sekin ijobiy o‘zgarishlar mavjud: indeks 42 dan 36 gacha pasaygan;
  • Turkmaniston – 2020 yildan buyon 48–52 ball oralig‘ida saqlanib qolmoqda, bu esa barqaror, biroq muammoli vaziyatni bildiradi.

Global Hunger Index har yili xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadi va bolalar o‘limi, o‘sishdan qolish, kam vaznlik va aholi orasida yetarli ovqatlanmaslik kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi.

U oziq-ovqat xavfsizligini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi: ovqatlanish sifati va yetarli darajadagi iste’mol, bolalar salomatligi va o‘sish sur’atlari, umumiy sog‘liq va ijtimoiy infratuzilma holati. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksida O‘zbekiston 5 dan past ball bilan 22-o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Global Hunger Index

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing