O‘zbekiston Ochiq ma’lumotlar reytingida nechinchi o‘rindaligi aytildi
Bu qiziq
−
21 fevral 2023 11025 1 daqiqa
O‘zbekiston “Open Data Watch” tashkilotining Ochiq ma’lumotlar reytingida 66 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 40-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkilotga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020-2022 yillar oralig‘ida O‘zbekiston umumiy ball ma’lumotlar qamrovi bo‘yicha 52 dan 56 ga va ma’lumotlarning ochiqligi bo‘yicha 72 dan 74 ballga ko‘tarilgan.
Reytingda O‘zbekiston o‘rni yaxshilanishiga jinoyat va odil sudlov, davlat byudjeti subinditikatorlardagi sezilarli o‘sishlar sabab bo‘lgan. Xususan, Davlat xaridlari jarayonlari raqamlashtirilib, onlayn platformalar orqali amalga oshirish tizimi yaratilgani, sud tizimidagi jarayonlar raqamlashtirilgani, ochiqligi ta’minlanayotgani e’tiborga olingan.
Reytingning 2022 yilgi natijalarida birinchi o‘rinni Singapur egallagan. Keyingi pog‘onalarni esa Daniya va Finlyandiya band etgan.
Mintaqa mamlakatlari hisoblangan, Qozog‘iston 48, Qirg‘iziston 89, Tojikiston 120, Turkmaniston 192-o‘rinlarda qayd etilgan.
O‘zbekiston ushbu reytingda 2020 yilda 63 ball bilan 44-o‘rinni egallagan.
Ma’lumot o‘rnida, “Open Data Watch” – ochiq ma’lumotlar va rasmiy statistika asosida faoliyat olib boruvchi xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi.
Live
Barchasi