O‘zbekiston mahsulotlarining YeIdagi eng yirik xaridori ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Polsha so‘nggi ikki yil davomida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekiston mahsulotlarining eng yirik importchisi bo‘lib kelyapti. Bu haqda Nyu-Yorkda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning polshalik mavqedoshi Zbignev Rauning uchrashuvida ma’lum qilindi.

“Polsha TIV rahbari Zbignev Rau janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. O‘zaro savdo va investitsiya sohalarida, ayniqsa, to‘qimachilik sanoatida ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi”, deydi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida. 

Aytilishicha, 2022 yilda Yevropa Ittifoqi a’zolari tomonidan O‘zbekistondan xarid qilingan to‘qimachilik mahsulotlarining qariyb 45 foiz Polsha hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Vazirlarning uchrashuvi davomida Yevropa Ittifoqi, BMT, YXHT va JST doirasida muloqotni yanada faollashtirishga kelishib olingan. Kun tartibidan mehnat migratsiyasi va ta’lim sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Evropa Ittifoqi Pol'sha Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing