O‘zbekiston qidirayotgan “Sonya” Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan “Sonya” laqabli shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1974 yilda tug‘ilgan R.S. ismli ushbu shaxs 2013-2015 yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Qozog‘iston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.

Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilish so‘ralgan.

Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda firibgarlik holatlari bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani sababli fuqarolar firibgarlarga aldanib qolmaslikka va ogoh bo‘lishga chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqarolar AQSH va Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazish va sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish uchun Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kutib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing