O‘zbekiston Qatar bilan harbiy hamkorlik memorandumini imzoladi
Jamiyat
−
23 May 2962 1 daqiqa
Joriy yilning 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar davlatining Doha shahriga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Qayd etilishicha, unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov, Qatar Bosh vazir o‘rinbosari va Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Al Tani bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida mintaqadagi xavfsizlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar ko‘rib chiqilgan, mavjud sharoitlar hisobga olingan holda harbiy hamkorlik va qo‘shma muvofiqlashtirish jihatlari muhokama qilingan.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida migratsiya jarayonlarini tartibga solish, fuqarolarning o‘z davlatlariga qaytishiga ko‘maklashish hamda bu borada o‘zaro muvofiqlashgan chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr