O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarini 96 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Kecha, 21 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan VI Islom birdamligi o‘yinlari yakunladi. Dunyoning 57 mamlakati sporchilari qatnashgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi jami 96 ta (29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza) medal qo‘lga kiritdi.

Eron delegatsiyasining jamg‘argan oltin medallari ham O‘zbekistoniki bilan bir xil 29 tani tashkil etdi, biroq kumush medallardagi ustunlik evaziga O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqani umumjamoa hisobida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda yakunladi. Eron esa 3-o‘rindan joy oldi.

Riyod-2025 VI Islom birdamligi o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida Akbar Jo‘rayev va Aktenge Keunimjayeva O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda bo‘lib o‘tgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchisi orasida 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rin bilan ishtirokini yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

VI Islom birdamligi o'yinlari O'zbekiston delegatsiyasi 96 ta medal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar