O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
Sport
−
18 Sentabr 14357 1 daqiqa
FIFA reytingida Ispaniya Argentinani ortda qoldirib, yetakchiga aylandi. O‘zbekiston ham o‘z o‘rnini yaxshilab oldi. Tashkilot tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, 54-o‘rindan joy olgan. Shuningdek, Milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan. O‘zbekistondan yuqorida Qatar (53), Avstraliya (25), Janubiy Koreya (23), Eron (21) va Yaponiya (19) milliy terma jamoalari o‘rin olgan. Hozirda O‘zbekiston MTJ 1453.31 ochko jamg‘argan bo‘lsa, bir pog‘ona yuqorida turgan Qatar MTJda 1453.65 ochko mavjud.
Markaziy Osiyo mintaqasida esa O‘zbekiston 1-o‘rinda. Shuningdek, keyingi eng yaxshi o‘rinlar:
- Tojikiston – 102;
- Qirg‘iziston – 106;
- Qozog‘iston – 118;
- Turkmaniston – 138.
Umumiy yuqori o‘nlik esa quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiton milliy terma jamoasi joriy yilning 13 oktyabr kuni Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi. Ayni damda Janubiy Amerika mintaqasi vakili FIFA reytingida 15-pog‘onada bormoqda.