O‘zbekiston FIFA reytingida 12-o‘rinda borayotgan jamoa bilan durang o‘ynadi
Sport
−
13 sentabr 2023 10529 1 daqiqa
AQSHda yig‘in o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 13 sentyabr tongida Meksika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, jangovar durangga imzo chekdi.
3:3 hisobi qayd etilgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasidan gollarni Bobur Abduholiqov, Azizbek Turg‘unboyev va Otabek Shukurov kiritdi.
Qayd etish joiz, hozirda Meksika terma jamoasi FIFA reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Shuning bilan Srechko Katanets shogirdlarining Amerikadagi yig‘ini yakunlandi. O‘zbekiston terma jamosi oktyabr oyida Xitoy va Vetnam terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashadi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust