O‘zbekiston benzin narxi bo‘yicha dunyodagi reytingini yangiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston eng arzon yonilg‘i bo‘yicha dunyoning 127 davlati orasida 30-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Ranking.kz” xabar berdi.

O‘zbekistonda bir litr benzinning o‘rtacha narxi 0,98 dollarni tashkil qildi.

Eng arzon benzinga ega beshlikka Liviya, Misr, Quvayt, Jazoir va O‘zbekistonga qo‘shni Qozog‘iston kirdi. Eng yuqori narxlar Myanma, Gonkong va Islandiyada qayd etilgan.

MDH davlatlari orasida benzin O‘zbekistonnikidan arzonroq bo‘lgan davlatlar ham bor. Bular Qozog‘iston (bir litr benzin uchun 0,46 dollar), Ozarbayjon (0,67 dollar), Rossiya (0,72 dollar), Belarus (0,76 dollar) va Qirg‘iziston (0,82 dollar).

Shu bilan birga, bir litr benzin O‘zbekistonga nisbatan Tojikistonda (1,11 dollar), Armanistonda (1,36 dollar), Ukrainada (1,38 dollar) va Moldovada (1,44 dollar) qimmatroq.

Ayni paytda jahonning 397 shahri orasida O‘zbekiston poytaxti Toshkent eng arzon benzin (litriga 0,99 dollar) bo‘yicha 90-o‘rinni egalladi. Reytingga kiritilgan MDH shaharlari orasida eng past narxlar Ostonada (0,46 dollar), eng yuqori narxlar Kishinyovda (1,44 dollar) qayd etilgan.

Ayni paytda benzin bo‘yicha dunyodagi eng qimmat shaharlar Gonkong, Reykyavik va Amsterdam, eng arzonlari esa Tripoli, Jazoir, Iskandariya, Qohira va Quvayt Siti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 25 noyabr kuni “Global Petrol Prices” benzinni eng arzon narxga pullaydigan davlatlar ro‘yxatini tuzgandi. O‘shanda Eron, Liviya va Venesuela benzin narxi eng arzon hisoblangan davlatlar edi. O‘zbekistonda esa 1 litr benzinning narxi 0,99 dollar deb qayd etilgandi. Markaziy Osiyoda benzin arzon sotiladigan davlatlar – Turkmaniston (0,42 dollar) hamda Qozog‘iston (0,49 dollar) bo‘ldi. Tojikistonda benzin narxi qancha ekanligi va uning dunyo reytingidagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilmagandi. Rossiyada esa 1 litr benzin narxi 0,57 dollarni tashkil etgandi. Benzin narxining o‘zgarishi ko‘p jihatdan yonilg‘i solig‘ining milliy tuzilmalari va subsidiyalash siyosatidagi farqlar bilan izohlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston MDH Tojikiston O'zbekiston eng arzon benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing